Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Ezgu ishlar davom etmoqda
11:38 / 2022-07-30

Azaldan yurtimizda kam ta’minlangan, ijtimoiy himoya va o‘zgalar parvarishiga muhtoj oilalar har tomonlama qo‘llab-quvvatlanib, ularga har tomonlama ko‘mak berib kelinadi.

Bu umrboqiy qadriyatlarimiz pandemiya davrida yanada sayqal topib, rivojlandi, desak mubolag‘a bo‘lmaydi.

Prezidentimiz tashabbusi bilan pandemiya davrida aholining ijtimoiy himoyaga muhtoj qatlamlarini qo‘llab-quvvatlash, vaqtincha ishsiz va yordamga muhtoj oilalarni aniqlab, ularni manzilli asosda oziq-ovqat va dori-darmon vositalari bilan ta’minlash maqsadida 2020 yil 22 aprelda O‘zbekiston “Mahalla” xayriya jamoat fondining viloyatlardagi bo‘limlari, tuman va shahar bo‘linmalari huzurida “Saxovat va ko‘mak” jamg‘armasi tashkil qilingan edi.

Mazkur jamg‘arma tomonidan bugungi kunga qadar saxovat ishlari amalga oshirib kelinmoqda. 2022 yilning o‘tgan 6 oyi davomida “Mahalla” xayriya jamoat fondi Navoiy viloyat bo‘limi va tuman (shahar) bo‘linmalari huzuridagi “Saxovat va ko‘mak” jamg‘armalari hisobidan jami 13 ming 638 nafar fuqaroga moddiy yordam, oziq-ovqat mahsulotlari, dori vositalari, davolanish, ishsiz ayollar va yoshlar badligini ta’minlash, nogiron ayollarning uy-joylarini ta’mirlash kabi maqsadlar uchun 14,1 milliard so‘m mablag‘ sarflandi.

Jumladan, kam ta’minlangan, ehtiyojmand 8 ming 683 nafar fuqaroga 1,9 milliard so‘mlik oziq-ovqat mahsulotlari yetkazib berilgan bo‘lsa, 3 ming 263 nafar fuqaroga 6,3 milliard so‘mlik bir martalik moddiy yordam ko‘rsatildi. 520 nafar fuqaroga 580 million so‘mlik dori-darmon vositalari, 520 nafar fuqaroning davolanishi va jarrohlik amaliyotlari uchun 2,9 milliard so‘m mablag‘ sarflandi. 531 nafar fuqaroga 2 milliard so‘mlik boshqa turdagi yordamlar ko‘rsatildi.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022 yil 25 maydagi “Aholining ijtimoiy himoyaga muhtoj qatlamlarini manzilli qo‘llab-quvvatlashga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qarori ijrosini ta’minlash maqsadida Vazirlar Mahkamasining zaxira mablag‘lari hisobidan “Temir daftar”da turuvchi va ijtimoiy ahvoli og‘ir bo‘lgan oilalarga un mahsulotlari xarid qilish uchun viloyat “Saxovat va ko‘mak” jamg‘armasiga 2 milliard so‘m mablag‘ ajratildi.

Ushbu mablag‘lar hisobidan 1,7 milliard so‘mlik 370 tonna un mahsulotlari birja savdolari orqali xarid qilinib, 5 ming 157 nafar ijtimoiy ahvoli og‘ir fuqarolarga tarqatildi. Bundan tashqari 149 ta oilaga 57,1 million so‘m miqdoridagi mablag‘ naqd pul ko‘rinishida berildi.
Ezgu ishlar davom etmoqda.

Abduvali Bo‘riyev, O‘zA