Chinese
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Ezgu ishda kattayu kichik faol qatnashmoqda
10:05 / 2025-08-23

Vatanimiz mustaqilligining 34 yilligi munosabati bilan 22−23 avgust kunlari mamlakatimizda “Obod va fayzli mahalla — yurt ko‘rki”shiori ostida umumxalq xayriya hashari o‘tkazilmoqda.

Samarqand viloyatidagi 1081 mahallaning barchasida, shuningdek, korxona va tashkilotlar, muassasalarda erta tongdan hududlarni obodonlashtirish tadbirlari boshlandi.  

O‘zbekiston mahallari uyushmasi viloyat boshqarmasining ma’lumotlariga ko‘ra, hasharning birinchi kuni viloyat bo‘yicha 1 million 200 mingdan ortiq kishi hasharda qatnashdi. Ularning yordamida kun davomida 2270 gektar hudud obodonlashtirildi. 983 tonna maishiy va qurilish chiqindilari belgilangan joylarga chiqarildi. 803 ta qabriston, 129 ta ziyoratgoh tozalanib, tartibga keltirildi.  

Hashar davomida mahallalardagi 2100 dan ziyod ehtiyojmand oilalar, keksalar va nogironligi bo‘lgan shaxslar holidan xabar olinib, ularga moddiy yordam ko‘rsatildi. 759 oila uyi mahalla ahli va homiylar ko‘magida ta’mirlandi. Jumladan, Ishtixon tumani Azamat mahallasida yashovchi birinchi guruh nogironi K. Qurbonovga xonadonini ta’mirlash uchun homiylar jalb qilinib, 9 million so‘mlik qurilish materillari olib berildi.

Mahallalardagi hasharlarda katta-yu kichik faol qatnashib, yurt obodligiga hissa qo‘shmoqda.  

G‘. Hasanov, O‘zA muxbiri