Қазақ
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
“Expo Doha-2023” xalqaro ko‘rgazmasida Innovatsion rivojlanish agentligi innovatsion ishlanmalar bilan ishtirok etmoqda
11:29 / 2023-10-05

Qatarning Doha shahrida “Yashil cho‘l, eng yaxshi atrof-muhit” mavzusida o‘tkazilayotgan “Expo Doha-2023” xalqaro ko‘rgazmasida O‘zbekiston pavilonining tantanali ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi.

Mazkur ko‘rgazmada Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi huzuridagi Innovatsion rivojlanish agentligi qator yo‘nalishlardagi innovatsion ishlanmalar bilan ishtirok etmoqda. 

Qishloq xo‘jaligi ekinlarini sho‘rga, suvsizlikka chidamliligini oshiruvchi biobakterial “Teria”, “Biobars Kafolon”, “NPK gel” kabi o‘g‘itlar, sho‘rlanishi yuqori bo‘lgan va suvsiz yerlarda o‘sishga moslashtirilgan ekinlar yangi navlarining urug‘lari hamda in-vitro usulida ko‘paytirilgan ko‘chatlar, cho‘l hududlarida yetishtirilgan dorivor o‘simliklardan tayyorlangan preparatlar, chorva mollari uchun oqsilga boy bo‘lgan yem mahsuloti hamda kimyoviy ishlovlarsiz tabiiy usulda yetishtirilgan va quyosh nurida quritilgan mahsulotlar va biologik faol qo‘shimchalar shular jumlasidan.

Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi matbuot xizmatining xabariga ko‘ra, ko‘rgazma davomida Qatar tadqiqot, ishlanma va innovatsiyalar kengashi, Qatar jamg‘armasi, Munitsipalitet va atrof-muhit vazirligi kabi bir qator nufuzli vazirlik va tashkilotlar vakillari O‘zbekiston milliy stendini katta qiziqish bilan kuzatib, mamlakatimizda amalga oshirilayotgan innovatsiyalar bilan tanishdi. 

Jumladan, Munitsipalitet va atrof-muhit vazirligi vakillari tomonidan O‘zbekistonda yetishtirilgan chorvachilik uchun ozuqa-yem mahsulotlari bo‘yicha ishlanmalar sifati alohida e’tiborga olindi va kelajakda ushbu sohada hamkorlik qilish imkoniyatlari yuzasidan muhokama o‘tkazildi. 

Muhayyo Toshqorayeva, O‘zA