Exinokokk — gigiyenaga amal qilmaslik natijasida kelib chiqadi (+video)
Ko‘pchilik qorin sohasida paydo bo‘lgan og‘riq va noqulayliklarni oddiy ovqat hazm qilish muammolari bilan bog‘laydi. Biroq ayrim hollarda bu og‘riqlar ortida tanada yillar davomida yashirin yashab kelayotgan xavfli parazitlar ham bo‘lishi mumkin.
Shulardan biri – jigar exenakokkozi bo‘lib, u inson organizmida sekin, ammo jiddiy asoratlar bilan kechadigan xavfli parazitar kasallik hisoblanadi.
Afsuski ular inson uchun faqat jismoniy emas, balki hayotiy muammolarni ham keltirib chiqaradi.
Birgina misol, yaqinda Milliy tibbiyot markaziga qorin sohasida shish va og‘riqlar bilan shikoyat qilib kelgan bemorning qornidan 100 dan ortiq exinokokk kistalari olib tashlangan.
“Salomat bo‘ling” dasturi orqali bu gal bevosita jigarni nishonga oluvchi – exenakokkoz haqida so‘z yuritdik.
<iframe width="560" height="315" src="https://www.youtube.com/embed/g4uZIt68AXg?si=6HsT9yNQhq7k1Mn_" title="YouTube video player" frameborder="0" allow="accelerometer; autoplay; clipboard-write; encrypted-media; gyroscope; picture-in-picture; web-share" referrerpolicy="strict-origin-when-cross-origin" allowfullscreen></iframe>M.Eshmirzayeva, D.Yakubov, U.To‘xtayev, O‘zA