EXHT vakillari bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi
«Milliy tiklanish» demokratik partiyasi Markaziy kengashida Yevropada xavfsizlik va hamkorlik tashkiloti Demokratik institutlar va inson huquqlari bo‘yicha byurosi (EXHT DIIHB) missiyasi rahbari Ursula Gatsek boshchiligidagi delegatsiyasi bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.
Partiya raisi Alisher Qodirov yevropalik mehmonlarni partiyaning maqsad va vazifalari, partiyaviy g‘oyalar ijrosi bo‘yicha qilingan ishlar bilan tanishtirdi. Shuningdek, partiya tomonidan elektorat manfaatlariga xizmat qiluvchi tashabbus qilingan qonunlar, konsepsiyalar va dasturlar hamda yirik loyihalar yuzasidan ma’lumotlar berildi.


Samimiy ruhda o‘tgan uchrashuv yakunida tomonlar o‘zlarini qiziqtirgan barcha savollarga atroflicha javoblar oldilar.
M.Komilova, O‘zA