Қазақ
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
“Euro Gips” brendi xalqaro bozorda o‘z o‘rnini mustahkamlamoqda
19:55 / 2026-02-11

Farg‘ona viloyati O‘zbekiston tumani Sho‘rsuv shaharchasida joylashgan “Star Genious” mas’uliyati cheklangan jamiyati 2021 yildan buyon samarali faoliyat yuritib kelmoqda. Korxona qisqa vaqt ichida qurilish materiallari bozorida munosib o‘rin egallab, mahalliy ishlab chiqarishni rivojlantirish hamda eksport salohiyatini oshirishga hissa qo‘shmoqda.

Ayni paytda “Euro Gips” brendi ostida ishlab chiqarilayotgan gips mahsulotlari Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Tojikiston va Afg‘onistonga eksport qilinmoqda. Bu esa mahsulotlarning xalqaro talablarga javob berayotgani va sifat ko‘rsatkichlari yuqori ekanini tasdiqlaydi. Zamonaviy texnologiyalar asosida ishlab chiqarilayotgan mahsulotlar xalqaro sifat sertifikatlariga ega bo‘lib, ularning raqobatbardoshligini ta’minlamoqda.

[gallery-27604]

Korxonada qariyb 100 nafar ishchi-xodim doimiy ish bilan ta’minlangan. Yillik ishlab chiqarish quvvati 150 ming tonnani tashkil etadi. Asosan qurilish qorishmalari uchun xomashyo ishlab chiqarilmoqda.

“Star Genious” MCHJ mahsulotlari gipsokarton ishlab chiqaruvchi korxonalar, shuningdek, tibbiyot sohasi va naqqoshlik ishlarida keng qo‘llaniladigan gips turlarini o‘z ichiga oladi.

Qayd etish joizki, korxona faoliyati hududda sanoatni rivojlantirish, yangi ish o‘rinlari yaratish va eksport hajmini oshirishda muhim ahamiyat kasb etmoqda.

O‘zA fotomuxbiri

Muqimjon QODIROV olgan suratlar.