FOTOREPORTAJ
Nukus shahridagi “Euro Beton” mas’uliyati cheklangan jamiyatida qurilish sohasida foydalaniladigan 30 dan ortiq turdagi mahsulot ishlab chiqariladi.
Korxonada 150 nafar kishi mehnat qilmoqda. Ular asosan beton plita, peremыshka, poydevor uchun blok, temir betondan ishlangan quduq va quvur kabi mahsulotlarni tayyorlamoqda.
MCHJ rahbari Bahodir Allaniyozovning ta’kidlashicha, o‘tgan 2021 yil jamoa tomonidan 100 ming metr kub temir beton va beton qorishmalari ishlab chiqarilgan.
Hozirda korxona Chimboy, Qonliko‘l, Taxiatosh tumanlari va Nukus shahridagi yangi ko‘p qavatli turarjoylar, umumta’lim maktabi va maktabgacha ta’lim muassasalari kabi ijtimoiy ob’ektlar qurilishi uchun mahsulotlar tayyorlab, buyurtmachilarga yetkazib bermoqda.
[gallery-8187]
Maqsad HABIBULLAEV (surat),O‘zA