“Eurasia Global” xalqaro forumi yoshlar uchun imkoniyatlar maydoni bo‘ldi
Rossiyaning Orenburg shahrida bo‘lib o‘tgan “Eurasia Global” xalqaro yoshlar forumida O‘zbekiston delegatsiyasi a’zolari ham ishtirok etdi.
Dunyoning 100 dan ortiq mamlakat vakillarini bir joyga jamlagan forumda yosh liderlar o‘z g‘oyalari bilan ishtirok etib, madaniy va gumanitar aloqalarni rivojlantirish, yangi loyihalarni amalga oshirish bo‘yicha fikr almashdi.
Yoshlar ishlari agentligi ma’lumotiga ko‘ra, bu tadbir yoshlar o‘rtasida do‘stlik, teng huquqli hamkorlikni mustahkamlash, global darajada yangi imkoniyatlar yaratishga xizmat qildi.
O‘zbekiston delegatsiyasi ham ushbu nufuzli forumda munosib ishtirok etib, xalqaro doirada o‘z bilim va tajribalari bilan o‘rtoqlashdi. Forum nafaqat tajriba almashish, balki global muammolar yechimiga ham hissa qo‘shadigan yosh liderlar avlodini shakllantirishda muhim qadam bo‘ldi.
Gulnoza Boboyeva, O‘zA