Chinese
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
E’tirozi e’tiborsiz qolgan fuqaroga asossiz qarzdorlik yozilgani ma’lum bo‘ldi
16:37 / 2022-09-27

Gaz, suv, elektr energiyasi kabi kundalik ehtiyojimiz uchun zarur bo‘lgan mahsulotlarning narxini o‘z vaqtida to‘lab borish avvalo, o‘zimiz uchun naf keltiradi. Ammo, bu asossiz qarzdorlikka olib kelsa-chi?

Afsuski, ba’zi hollarda to‘lovlarni o‘z vaqtida amalga oshirib kelayotgan fuqarolarga ham asossiz qarzdorlik yuklanayotganiga guvoh bo‘lyapmiz.

Xususan, O‘zbekiston iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari federatsiyasining «Ishonch telefoni»ga Jizzax shahri, H.Olimjon mahallasi N.Qo‘shoqov ko‘chasi 22-uyda yashovchi fuqaro Diyor Axmuradov tomonidan xuddi shu muammo yuzasidan murojaat kelib tushdi.

Murojaatga ko‘ra, iste’molchiga Jizzax shahar gaz ta’minoti tomonidan 6 million 900 ming so‘m qarzdorligi haqida ogohlantirish xati keldi. Unga barcha qarzdorligi to‘langan taqdirdagina xonadoniga elektron hisoblagich o‘rnatilishi mumkinligi aytiladi. Ammo, iste’molchi «to‘lovlarni o‘z vaqtida to‘lab borganman» desa ham, e’tiborga olinmaydi. E’tirozi e’tiborsiz qolgan D.Axmuradov O‘zbekiston iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari federatsiyasining «Ishonch telefoni»ga huquqi poymol bo‘layotgani to‘g‘risida murojaat qilgach, Jizzax shahar IHHQ Jamiyati mutaxassislari holatni o‘rganib chiqishdi. Haqiqatdan ham, fuqaroning «Billingaz» dasturida 28-10-13 sonli abonent raqami rasmiylashtirilgan bo‘lib, xonadonning iste’mol qilingan tabiiy gaz bo‘yicha hisob-kitobi gaz hisoblagich uskunasi ko‘rsatkichlari asosida amalga oshirib kelinayotgani ma’lum bo‘ldi.

Asossiz qarzdorlikka sabab esa, eski gaz hisoblagich uskunasi ko‘rsatkichi o‘z vaqtida topshirilmagan va «Billingaz» dasturida avtomatik tarzda gaz sarfi hisoblangan. Ortiqcha gaz sarfini hisobdan chiqarish uchun to‘plangan hujjatlar “Hududgaz Jizzax” gaz ta’minoti filialiga yuborildi. Natijada esa, D.Axmuradovning xonadoniga qo‘yilgan asossiz qarzdorlik bartaraf etilib, iste’molchiga Jizzax shahar IHHQ Jamiyati ko‘magi bilan elektron onlayn hisoblagich o‘rnatib berildi.

Gulnoza Boboyeva, O‘zA