Arabic
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
E’tirof va e’zoz ulkan maqsadlarga undaydi
17:35 / 2025-08-29

Neft va gaz sanoati mamlakat iqtisodiyotining ustuvor yo‘nalishlaridan biri hisoblanadi. Bu soha nafaqat davlat daromadlarini shakllantirishda, balki yirik infratuzilma loyihalarini amalga oshirish va ish o‘rinlarini yaratishda ham muhim ahamiyatga ega.

Shuningdek, neft va gaz sanoatida mehnat qilayotgan xodimlarning mamlakat energetika xavfsizligi va iqtisodiy barqarorligida alohida hissasi bor. Mustaqillik yillarida sohada amalga oshirilayotgan islohotlar va innovatsion loyihalar nafaqat korxonalar samaradorligini oshirdi, balki professional kadrlarning rivojlanishi va ularning mehnatini munosib rag‘batlantirish imkonini ham yaratdi. 

Mamlakatimiz mustaqilligining 34 yilligi hamda neft va gaz sanoati xodimlarining kasb bayrami munosabati bilan “O‘zbekneftgaz” AJ Markaziy apparati va tizim korxonalarida samarali mehnat qilib kelayotgan bir guruh xodimlarni taqdirlash marosimida sohadagi yutuqlar yana bir bor ta’kidlandi. 

Unda so‘z olganlar qayd etganidek, mazkur soha milliy iqtisodiyotning muhim drayveri sifatida ahamiyatga ega. Bu tarmoq nafaqat energiya zaxiralarini ta’minlaydi, balki ish o‘rinlari yaratish, eksport salohiyatini oshirish va investitsiyalarni jalb qilishda ham katta rol o‘ynaydi. Shu talablar asosida mamlakatimizdagi islohotlar ushbu soha ravnaqida yangi bosqichni boshlab berdi. Qator loyihalarning amalga oshirilishi va raqamlashtirish bu jarayondagi natijalar ko‘lamini oshirishga yo‘l ochdi. 

Tizimdagi bu kabi yutuqlar tufayli xodimlar qo‘llab-quvvatlanmoqda va ular e’zozlanmoqda. Tashkil etilgan mazkur tadbirda bunday e’tirof yana bir o‘z isbotini topdi.

Mas’ullar bu boradagi ishlar sarhisobiga e’tibor qaratar ekan, tizimdagi rejalar ijrosida ishchi-xodimlarning mas’uliyati va jonkuyarligi  muhim ekanini aytib o‘tdi.

Tadbir yakunida bir guruh xodimlar faxriy yorliq va pul mukofoti bilan taqdirlandi. Shuningdek, 5 nafar xodimga Energetika vazirligining faxriy yorlig‘i taqdim etildi.

N. Ziyodullayeva, O‘zA