Қазақ
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
E’tirof: O‘zA –O‘zbekiston futbolini keng yoritgan va targ‘ib qilgan faol ommaviy axborot vositasi
12:59 / 2026-01-30

Milliy futbol markazida O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasining 2025 yil yakunlari bo‘yicha kongressi bo‘lib o‘tdi.

Unda O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasining o‘tgan yil davomida bajarilgan ishlar tahlil qilindi, moliyaviy hisobot tinglandi hamda kelgusi yilga mo‘ljallangan ustuvor rejalar, milliy futbolni yanada rivojlantirishga qaratilgan qator tashkiliy va strategik masalalar muhokama qilindi.

Shuningdek, tashkiliy masalalar ham ko‘rildi. O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasi prezidenti Bahodir Qurbonov o‘z lavozimiga qayta saylandi. Tashkilotning birinchi vitse-prezidenti Ravshan Ermatov va vitse-prezidenti Odil Ahmedovning lavozimi o‘zgarmadi.

Kongress doirasida an’anaviy tarzda “Yilning eng yaxshilarini taqdirlash” marosimi ham bo‘lib o‘tdi. Unda yil davomida eng yaxshi natijalar qayd etgan futbolchilar, murabbiylar, hakamlar hamda futbol rivojiga munosib hissa qo‘shgan tashkilot va shaxslar taqdirlandi.

Jumladan, yilning "Eng yaxshi murabbiyi" etib Timur Kapadze, "Eng yaxshi futbolchisi" deya Eldor Shomurodov e’tirof etildi. Sadriddin Hasanov esa "Eng yaxshi yosh futbolchi”ga aylandi. Nasibabonu Toshmuhammedova va Ilgiz Tantashev o‘tgan mavsumning eng yaxshi hakamlari bo‘ldi. Shuningdek, bir qator yo‘nalishlarda eng yaxshilar nomi aniqlandi.  

Darvoqe, O‘zA O‘zbekiston futbolini yoritish va uni keng targ‘ib etishda faol ishtirok etgan ommaviy axborot vositalari qatorida

 taqdirlandi.

Javohir Toshxo‘jayev, O‘zA