Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
E’tirof moliya tizimi xodimlarining shaxsiy javobgarligini yanada kuchaytiradi
19:08 / 2022-12-28

Bugun Moliya vazirligida “Tashabbusli byudjet” jarayonlari bo‘yicha amalga oshirilgan ishlar va natijalar asosida moliya bo‘limi xodimlarini taqdirlash marosimi bo‘lib o‘tdi.

 Unda moliya vaziri Timur Eshmetov “Tashabbusli byudjet” loyihasi bo‘yicha 2022 yildagi natijalarga to‘xtalar ekan, ushbu jarayonlarda aholining faol ishtirok etgani va ushbu loyiha ularning ehtiyojini qondirishda muhim ahamiyat kasb etayotganini qayd etdi.  

 – “Tashabbusli byudjet” jarayonlari bo‘yicha ijobiy natijalar bo‘lgani bois davlatimiz rahbari topshirig‘iga asosan keyingi yilda ham byudjetdan bir necha barobar ortig‘i bilan mablag‘ ajratilishi ko‘zda kutilgan. Bundan tashqari, 2023 yildan boshlab “Obod mahalla” va “Obod mahalla” dasturlari ham “Tashabbusli byudjet” orqali shakllantiriladi. Albatta, bu jarayonni tizimli va natijali amalga oshirishda hududlardagi bo‘lim xodimlarining alohida o‘rni borligini ta’kidlash lozim, – dedi o‘z so‘zida T.Eshmetov.  

 Shundan kelib chiqib, ushbu tadbirdan ko‘zlangan maqsad “Tashabbusli byudjet” jarayonlarini samarali tashkil etishda moliya bo‘limi xodimlarini qo‘llab-quvvatlash hamda shaxsiy javobgarlikni yanada kuchaytirishga qaratilgan.  

Shuningdek, tadbirda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021 yil 13 apreldagi “Byudjet jarayonida fuqarolarning faol ishtirokini ta’minlash bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qarori ijrosiga e’tibor qaratilib,  hududlarda “Tashabbusli byudjet” loyihasi doirasida bajarilgan ishlarga keng o‘rin berildi.  

Ta’kidlash kerakki, vazirlik tomonidan «Ochiq byudjet» portali ishga tushirilib, unda “Tashabbusli byudjet” bo‘limi yaratilgan. Mazkur bo‘lim ishi “Tashabbusli byudjet” loyihasi aholining byudjet mablag‘lari aniq qismlarini sarflash maqsadida tashabbuslarni ilgari surishi orqali mahalliy boshqaruvda to‘g‘ridan-to‘g‘ri ishtirok etishiga qaratilgan.  

Aytish joizki, 2022 yilda ushbu maqsadlar uchun yo‘naltiriladigan mablag‘lar miqdori 4 barobarga oshirildi. Ya’ni tuman, shaharlarda tasdiqlangan byudjetlarning 5 foizining o‘zi 1,5 trillion so‘mdan ortiqroqni tashkil etdi. Qo‘shimcha manbalarning 30 foizi ham “Tashabbusli byudjet” uchun yo‘naltiriladi. Amaldagi tamoyilga ko‘ra, tashabbusli byudjet jarayonlari har yili ikki marta, 3 bosqichda amalga oshiriladi. Har bir mavsumning birinchi bosqichida fuqarolar o‘z takliflarini ilgari surishadi, ikkinchisida bildirilgan takliflar moderatsiya jarayonidan o‘tkaziladi. Uchinchisida saralangan takliflar ovoz berish jarayoniga qo‘yiladi.  

Tadbir yakunida Moliya vazirligining hududlarda faoliyat ko‘rsatayotgan xodimlaridan bir guruhi  “Tashabbusli byudjet” jarayonlaricha erishilgan natijalardan kelib chiqib, “Eng faol targ‘ibochi”, “Eng shaffof hudud”, “Eng yaxshi moderator” va “Eng namunali hudud” yo‘nalishlarida tardirlandi.  

Taqdirlash marosimida "Eng yaxshi moderator" yo‘nalishi bo‘yicha g‘olibi  Lazizbek Qosimovdan intervyu oldik.  

"Tashabbusli byudjet"  jarayoni  xalqimiz,  ayniqsa,  mahalla tizimidagi muammolarni hal qilishda eng yaxshi loyihadir.  Masalan,  bu yilning ikkinchi mavsumida  ko‘prik  qurilib foydalanishga topshirildi.  Bu ko‘prik tuman ahlining ko‘p yillik orzusi edi.  Albatta,  bu kabi misollarni ko‘p keltirish mumkin. Menga Moliya vazirligi tomonidan berilgan "Eng yaxshi moderator" yo‘nalishi bo‘yicha g‘oliblik, o‘zimga va jamoamizga bildirilgan katta ishonch va mas’uliyatdir.  

Nasiba ZIYODULLAEVA, O‘zA muxbiri