Русский
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
E’tibordan mamnun ko‘ngillar
14:36 / 2021-12-03

Andijon viloyati Buloqboshi tumanidagi «Tojimat ota» tantanalar saroyida 3 dekabr – Xalqaro nogironlar kuni munosabati bilan tantanali tadbir o‘tkazildi.

Ikki yuz nafar jismoniy imkoniyati cheklangan fuqaro ishtirok etgan tadbirda imkoniyati cheklanganlarga e’tibor, ijtimoiy muhofaza qilish, muammolarini bartaraf etish choralari ko‘rilayotgani qayd etildi.

Alohida e’tiborga muhtoj insonlar uchun bayram dasturxoni yozildi. Tuman madaniyat bo‘limi san’atkorlari tomonidan namoyish etilgan konsert dasturi bayramona kayfiyat ulashdi.

– Qalbi o‘ksik insonlarga ko‘rsatilayotgan bu e’tibordan ko‘nglimiz tog‘day ko‘tarildi, – deydi Buloqboshi tumani Chaqar mahallasi Shukrona ko‘chasida yashovchi Zarifaxon Ahmedova. – Yaxshilik, mehr, e’tiborni qalban tuyishimizga sababchi bo‘layotgan saxiy insonlarga rahmat. Ular hech qachon bizni yolg‘izlatib qo‘ymaydi. Ortimizda davlatimiz, xalqimiz bor.

Shuningdek, tuman hokimligi va Nogironlar jamiyati tomonidan tadbirda ishtirok eta olmagan imkoniyati cheklanganlarning xonadonlariga borib, ularning ham holidan xabar olindi.

 

F.Ubaydullayev, Z.Umrzoqov (surat), O‘zA