English
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
E’tibordan ko‘ngillar obod bo‘ldi
11:26 / 2023-03-21

Navro‘z nafaqat yasharish, yangilanish ayyomi, balki ezgulik, odamlar o‘rtasidagi ezgulik, mehr-oqibat rishtalarini, xalqimizning o‘ziga xos an’ana va qadriyatlarini mustahkamlovchi qadim bayramdir.

Navro‘z shodiyonalar bo‘lib o‘tayotgan shu kunlarda "Mahalla" xayriya jamoat fondi Andijon shahar bo‘linmasi tashabbusi bilan  Andijon shahar hokimligi, qator davlat va jamoat tashkilotlari  hamkorligida ijtimoiy himoyaga muhtoj, kam ta’minlangan oilalar, keksa va yolg‘iz yashovchi qariyalar, jismoniy imkoniyati cheklangan fuqarolar holidan xabar olinmoqda, tadbirlar o‘tkazilmoqda, ularga moddiy va ma’naviy yordamlar ko‘rsatilmoqda. 

Ana shunday tadbirlardan biri O‘zbekiston Karlar jamiyati Andijon viloyati xududiy bo‘limida tashkil etildi.

"Assalom, Navro‘zi olam!” deb nomlangan tadbirda jamiyat a’zolarining bayram dasturxoni atrofidagi diydorldashuvi, Andijon shahar madaniyat va turizm bo‘limi badiiy jamoalari xonandalari tomonidan ijro etilgan, kuy, qo‘shiq va raqslar bayram ishtirokchilariga  xushnudlik va bayramona kayfiyat ulashdi. 

Bayram tadbirda 62 nafar jamiyat a’zosiga pul mablag‘lari topshirildi. Ko‘rsatilgan e’tibordan jismoniy imkoniyati cheklangan insonlarning ko‘ngli obod bo‘ldi. 

F. UBAYDULLAEV, 

Z. UMURZOQOV (surat), 

O‘zA