English
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
E’tibordan ko‘ngillar obod bo‘ldi
17:18 / 2021-10-05

Andijon viloyati Buloqboshi tumanida 3 nafar chin yetim bolaga homiylar hisobidan barpo etilgan yangi uy-joylar topshirildi.

Prezidentimizning 2021 yil 9 avgustdagi “Yetim bolalar va ota-ona qaramog‘idan mahrum bo‘lgan bolalarni davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlashning yangi tizimini joriy etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori ijrosi doirasida tumanda istiqomat qilayotgan, lekin o‘z uy-joyi bo‘lmagan uch nafar yetim bolaga Buloqboshi tumani hokimligi tashabbusi bilan yangi uy-joylarni topshirishga bag‘ishlangan tadbirda tuman hokimi O‘tkirbek Mamurov, viloyat tibbiy-ijtimoiy xizmatlarni rivojlantirish boshqarmasi boshlig‘i Furqatbek Buzrukov, Oliy Majlis qonunchilik palatasi deputati To‘lqinjon Karimov, nuroniylar, keng jamoatchilik vakillari ishtirok etdi.  

[gallery-4163]

Tadbirda mamlakatimizda chin yetimlar va ota-ona qaramog‘idan marhum bo‘lgan bolalarni ijtimoiy himoya qilish, ularning bandligini ta’minlash, yashash sharoitlarini yaxshilash borasida keng ko‘lamli ishlar olib borilayotganligi ta’kidlandi.  

So‘z olganlar tomonidan yangi uy-joy egalari muborakbod etildi, ular kelajakda Vatan ravnaqi va rivojiga munosib xissa qo‘shadigan insonlar bo‘lib kamol topishlariga tilak bildirildi.

E’tibordan ko‘ngillari obod bo‘lgan yangi uy-joy sohiblari mana shunday ezgu va xayrli ishni boshida turgan insonlarga, Prezidentimizga o‘z minnatdorligini bildirdi.  

 

F. UBAYDULLAEV,

Z. UMRZOQOV (surat),

O‘zA