Spanish
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
E’tibordan boshimiz ko‘kka yetdi
13:06 / 2024-03-04

Andijon viloyati Avtomobil yo‘llari bosh boshqarmasi rahbariyati tashabbusi bilan Xalqaro xotin-qizlar kuni oldidan boshqarma tasarrufidagi korxonalarda ishlovchi ayollar muborakbod etildi.

Bir guruh mutasaddilar yo‘lsoz opa-singillarimiz ish olib borayotgan hududlarga borib, ularga gul va esdalik sovg‘alari topshirdi. 

–Boshqarmamiz tasarrufidagi korxonalar, xususan, tuman, shahar yo‘llardan foydalanish davlat muassasalarida 105 nafar xotin-qiz mehnat qiladi, – deydi Andijon viloyati Avtomobil yo‘llari bosh boshqarmasi axborot xizmati rahbari Yulduz Mullaboyeva. – Ularning samarali ish olib borishi uchun zarur shart-sharoit yaratib berilmoqda, qolaversa, ijtimoiy muhofazasi ta’minlanmoqda. 

[gallery-16211]

Boshqarma rahbariyati tashabbusi bilan 8-mart bayrami arafasida tizimdagi xotin-qizlarga o‘ziga xos tarzda hurmat-ehtirom ko‘rsatilganligi ularni behad mamnun etdi. 

–Mutasaddilar, hamkasblarimizning ish joyimizga kelib, gul hamda sovg‘alar topshirishini umuman kutmagan edik, – deydi Shahrixon tumani yo‘llardan foydalanish davlat muassasasi avtomobil yo‘llarini saqlash bo‘limi ishchisi Odinaxon Turobova. – Biz – oddiy ishchilarga ko‘rsatilgan bunday e’tibordan boshimiz ko‘kka yetdi. Yurtimiz obodligiga ozgina bo‘lsa-da, o‘z hissamizni qo‘shayotganligimizdan faxrlanamiz. Biz ayollar baxtiga yurtimiz tinch va yanada obod bo‘lsin.

Opa-singillarimizga ehtirom ko‘rsatishdek ushbu ibratli tashabbus viloyatdagi ko‘plab mehnat jamoalari tomonidan qo‘llab-quvvatlanmoqda, tabrik va yo‘qlovlar davom etmoqda. 

F. Ubaydullayev, Z. Umrzoqov (surat), O‘zA muxbirlari