Қазақ
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
E’tibor va imkoniyatning ijobiy natijasi
16:21 / 2026-01-15

Bugungi kunda alohida ta’lim ehtiyojlariga ega bo‘lgan bolalarni qo‘llab-quvvatlash, ularning jamiyatga moslashuvi va kelajakda o‘z o‘rnini topishi davlat siyosatining muhim yo‘nalishidir.

Toshkent viloyatining Bekobod shahridagi 15-sonli alohida ta’lim ehtiyojlari bo‘lgan bolalar uchun ixtisoslashtirilgan maktab sifatida faoliyat yuritib kelmoqda. Hozirda maktabda jami 118 nafar o‘quvchi tahsil olmoqda. Ulardan 20 nafari uyda yakka tartibda ta’lim bilan qamrab olingan. Hozir maktabda 11 ta o‘zbek sinfi mavjud bo‘lib, inklyuziv ta’limga alohida e’tibor qaratilgan. 

Xususan, 2024–2025 o‘quv yilida 12 nafar o‘quvchi shu shakldagi ta’limga yo‘naltirilgan bo‘lsa, 2025–2026 o‘quv yilida yana 10 nafar o‘quvchini ham jalb etish rejalashtirilgan. Joriy o‘quv yilida 9-sinfni 22 nafar o‘quvchi bitirmoqda. Ulardan 12 nafari kasb-hunar kollejlariga o‘qishga yo‘naltiriladi, qolgan 10 nafar bitiruvchining esa bandligi ta’minlanishi ko‘zda tutilgan. Bu esa bitiruvchilarning mustaqil hayotga tayyorlanishida muhim ahamiyat kasb etadi. 

Maktabda o‘quvchilarning bilim va ko‘nikmalarini rivojlantirish bilan bir qatorda, ularni hayotga tayyorlashga qaratilgan qator loyihalar amalga oshirilmoqda. Jumladan, “Usta ko‘hna” biznes loyihasi, “Birgalikda kuchlimiz” ota-onalarni pedagogik, psixologik va ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash loyihasi, shuningdek, “Ergoterapiya” va “Logo bolakay” xizmatlari kutilgan natijalar bermoqda. Kasb-hunar to‘garaklarida ishtirok etayotgan o‘quvchilar amaliy mashg‘ulotlar orqali o‘z tajribasini oshirmoqda. To‘garaklarda tayyorlangan mahsulotlar turli yarmarkalarda sotuvga qo‘yilib, tushgan mablag‘lar to‘garak faoliyatini rivojlantirishga yo‘naltirilmoqda. 

Quvonarlisi shundaki, o‘tgan yili bitirgan o‘quvchilar orasida bugun o‘z hunari orqali daromad topayotganlar ham bor. Maktab direktori Aziza Abdullayevaning ta’kidlashicha, bu natijalar ta’lim muassasasida kasbga yo‘naltirish ishlari izchil va samarali olib borilayotganidan dalolat beradi.

Umuman olganda, Bekobod shahridagi 15-sonli ixtisoslashtirilgan maktabda amalga oshirilayotgan ishlar alohida ta’lim ehtiyojli bolalarning mehnatsevarlik va o‘ziga bo‘lgan ishonchini mustahkamlab, ularning jamiyatda munosib o‘rin egallashiga xizmat qilmoqda. 

A.Musayev, O‘zA.