Ўзбек
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
E’tibor va g‘amxo‘rlik namunasi
10:11 / 2023-10-22

Farg‘ona shahrida alohida ta’lim ehtiyojlari bo‘lgan bolalar uchun ixtisoslashtirilgan 1-sonli maktab va uning Qo‘qon shahridagi filialida jami 290 nafar o‘g‘il-qiz tahsil oladi.

Ushbu o‘quv maskanlarida bolalarning inklyuziv ta’lim olishi, har tomonlama rivojlanishi uchun barcha sharoit yaratilgan. Yaqinda esa ular uchun okeanorti mamlakatida yashovchi saxovatpesha hamyurtlarimiz tomonidan  30 ta noutbuk sovg‘a qilib yuborildi. Bu esa alohida ta’lim ehtiyojlari bo‘lgan bolalarning eng so‘nggi axborot texnologiyalaridan foydalanish imkoniyatlarini yanada kengaytirishga xizmat qiladi.

[gallery-14157]

Muqimjon QODIROV (surat), O‘zA