French
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
E’tibor uchun, g‘amxo‘rlik uchun Prezidentimizga rahmat
12:15 / 2024-02-01

Buxoroda ikki nafar ota-ona qaramog‘idan mahrum bo‘lgan yoshga uylar berildi.

Zero, yurtimizda har bir bola e’tibor va g‘amxo‘rlik ostidadir.

Aziza Gerashshenko 2005 yilda tug‘ilgan bo‘lib, hozir buvisining qaramog‘ida yashaydi. Buxoro davlat universitetida tahsil oladi. Aziza Avezova esa 2002 yilda tavallud topgan bo‘lib, amakisining g‘amxo‘rligi ostida voyaga yetmoqda.  

Ikkala yoshga ham Buxoro shahri Amir Temur ko‘chasida qad rostlagan yangi, zamonaviy tarzda ta’mirlanib, jihozlangan uylardan taqdim etildi.

Uy kalitlarini topshirish marosimida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Ijtimoiy himoya milliy agentligining viloyat boshqarmasi, Milliy gvardiya Buxoro viloyati boshqarmasi, Buxoro shahar hokimligi mas’ullari qatnashdi.  

[gallery-15729]

Shuningdek, Aziza Gerashshenko oliy o‘quv yurtini bitirishi bilanoq “Inson” ijtimoiy xizmatlar markazida psixolog sifatida ish boshlashi ham aytib o‘tildi.

–Juda ham xursandman, –deydi Aziza Gerashshenko.– Bundan yurtda yashash, ulg‘ayish men uchun baxt. Orzularim birin-ketin ushalmoqda. Hech kimdan kam bo‘lmay o‘sdim. Mana, davlat tomonidan uylik bo‘ldim. O‘qishga kirdim. Endi zo‘r mutaxassis bo‘lib yetishsam, ish joyim ham aniq. E’tibor uchun, g‘amxo‘rlik uchun Prezidentimizga rahmat.  

Zarif Komilov, O‘zA muxbiri