Arabic
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
E’tibor insonga umid baxsh etadi
17:49 / 2025-08-09

Oxirgi yillar ijtimoiy himoyani mahalla darajasida tashkil etish, ijtimoiy xizmat va yordamlarni kompleks yondashuv asosida ko‘rsatish, aholining og‘ir ahvolga tushib qolishining oldini olish borasidagi sa’y-harakatlar o‘z natijasini bermoqda.

Xususan, Quyi Chirchiq tumani “Ming chinor” mahalla fuqarolar yig‘inida 516 ta xonadonda 714 ta oila istiqomat qiladi. Aholi soni 2 ming 305 nafar bo‘lib, shundan 52 nafari nogironligi bo‘lgan shaxslardir. Ularning 47 tasi Yagona ijtimoiy reyestrga, 49 tasi esa Kambag‘allik reyestriga kiritilgan.

Mahallada faoliyat yuritayotgan kompleks ijtimoiy xizmat ko‘rsatuvchi xodim Davron Jo‘rayev nafaqat aholi bilan ishlash, balki har bir oilaning dardu-tashvishiga befarq bo‘lmaslik, ularning hayotini yaxshilash yo‘lida amaliy yordam ko‘rsatishni o‘z burchi deb biladi.

Davron Jo‘rayev O‘lmasoy opaga o‘g‘lining kontrakt summasini to‘lab berish, qizini bepul to‘garakka jalb qilish, shuningdek, elektr energiyasi va gaz bo‘yicha kompensatsiya ajratilishida ko‘mak berdi. Tikuvchilik bilan shug‘ullanadigan O‘lmasoy opa ishini kengaytirish, yangi tikuv uskunalari olib, qo‘shimcha ish o‘rinlari yaratish orzusida.

– O‘g‘limning o‘qishi, qizimning to‘garakka qatnashi, kommunal to‘lovlarda yengillik bularning barchasi menga kuch va umid berdi. Endi tikuvchilik ishlarimni rivojlantirib, mahallamiz ayollariga ham ish o‘rni yaratishni niyat qildim. Yordam bergan barcha insonlarga chin yurakdan rahmat aytaman, – deydi O‘.Toshxo‘jayeva.

“Ming chinor” mahallasidagi bu kabi ishlar nafaqat bir oilaning, balki mahalla va jamiyatning mehr, muruvvat va hamjihatlik ruhini ham mustahkamlashga xizmat qilmoqda. Har bir ezgulik esa kimningdir qalbida katta umid va yangi imkoniyatlarga yo‘l ochadi.

A.Musayev, O‘zA.