Estoniya va AQSH 2024-2028 yillar uchun mudofaa hamkorligi bo‘yicha yangi bitim imzoladi, deb xabar tarqatdi Estoniya mudofaa vazirligi matbuot xizmati.
– Estoniya va AQSH o‘rtasida ittifoqchilik munosabati mustahkam ekanini yana bir bor namoyish qilish uchun biz mudofaa sohasidagi hamkorlik bo‘yicha kelishuvni yangiladik, – deyiladi axborotda. – E’tibor markazida AQSH harbiylarining Estoniya hududida bo‘lishi, kiberhimoya sohasida sheriklik va Boltiq dengizi mamlakatlari harbiy imkoniyatini rivojlantirish uchun birgalikda qurol xarid qilish masalalari turibdi.
Kelishuv o‘quv mashqi o‘tkazish, NATO bo‘yicha ittifoqchilar bo‘linmalarini qabul qilish uchun zarur infratuzilmani rivojlantirish va o‘zaro manfaatli boshqa sohalarda hamkorlik qilishni ham ko‘zda tutadi.
Hujjatda tomonlar o‘z suvereniteti va hududiy yaxlitligini tiklagunicha, Ukrainani qo‘llab-quvvatlash lozimligi ta’kidlangan.
– Ukrainaning Qurolli kuchlariga yordam ko‘rsatish, askarlarini o‘qitish, ta’minot masalasida ko‘maklashish, maslahat berish borasida AQSH Mudofaa vazirligi bilan hamkorlik qilamiz, – deya qo‘shimcha qilingan bayonotda.
Estoniya va AQSH mudofaa sohasidagi ilk kelishuvni 2019 yil rasmiylashtirgan. Xuddi shunday ikki tomonlama hamkorlik rejasi AQSH bilan Latviya va Litva o‘rtasida ham imzolangan.