Estoniya "16+1" formatidagi guruhni tark etmoqda
Estoniya tashqi ishlar vaziri Urmas Reinsalu Bloomberg agentligiga bergan intervyusida mamlakat nega 16+1 hamkorlik formatidan chiqayotganini tushuntirdi.
Vazirning so‘zlariga ko‘ra, bunday qarorni qabul qilish omillaridan biri Xitoyning Rossiyaning Ukrainadagi maxsus operatsiyasini qoralashdan bosh tortgani bo‘lgan. U bu qadamdan oldin Tallin bir qator ittifoqchilar bilan maslahatlashganiga ishontirdi. Bundan tashqari, 16+1 formati jiddiy siyosiy ta’sir ko‘rsatmadi. Estoniya Xitoy bilan munosabatlarni Yevropa Ittifoqi orqali olib borishni afzal ko‘radi, deya qo‘shimcha qildi Reynsal.