Русский
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
«Estetik botulinoterapiyaning yangi imkoniyatlari» mavzuida xalqaro ilmiy-amaliy konferensiyasi bo‘lib o‘tdi
16:05 / 2021-06-04

Samarqand davlat tibbiyot institutida estetik botulinoterapiyani amaliy qo‘llash imkoniyatlarining zamonaviy muammolarini muhokama qilish maqsadida «Estetik botulinoterapiyaning yangi imkoniyatlari» xalqaro ilmiy-amaliy konferensiyasi bo‘lib o‘tdi. Konferensiyada stomatologlar, otorinolaringologlar, olimlar va estetik tibbiyot mutaxassislari ishtirok etishdi.

Ochilish marosimida Samarqand davlat tibbiyot instituti rektori Jasur Rizayev, “AestheticsBeauty” MCHJ direktori Gulnora Rasulova, Samarqand davlat tibbiyot instituti dermatologiya va venerologiya kafedrasi mudiri Zohid Ashirov o‘z qutlovlarini yo‘lladi.

Xalqaro ilmiy-amaliy konferensiyaning asosiy ma’ruzachisi — plastik jarroh, dermatolog, kosmetolog, estetika va sog‘liqni saqlash klinikasining bosh shifokori (Yekaterinburg, Rossiya), APTOS murabbiyi, "INMODE Aesthetic Solutions" sertifikatlangan murabbiyi, “NPO Mikrogen” OAJ tibbiy maslahatchisi Yegor Abramov birinchi botulotoksin Relatoks: registered: (AO “NPO Mikrogen”)ni ishlab chiqarishining texnik xususiyatlari va afzalliklari hamda yuz-jag‘ni anatomik xususiyatlari va muvaffaqiyatli va xavfsiz usullar orqali tuzatish kabi dolzarb mavzularida ikkita kengaytirilgan ma’ruza qildi.

Sohaga oid eng zamonaviy ma’lumotlar ishtirokchilarga batafsil tushuntirib berildi.

 Xalqaro forum davomida Relatox preparati bilan botulinumterapiyasi protseduralarining video namoyishi ham bo‘lib o‘tdi.

Unda ma’ruzachilar, konferensiyada ishtirok etgan yetakchi mutaxassislar va amaliyotchilar o‘z fikrlarini bildirdi.

 Konferensiya, shubhasiz, mintaqadagi estetik stomatologiya va otorinolaringologiya, estetik tibbiyotning boshqa sohalarini rivojlantirishga, ushbu sohadagi yetakchi olimlar va amaliyotchilar bilan xalqaro aloqalarni o‘rnatishga ijobiy ta’sir ko‘rsatadi.

 

O‘zA