Русский
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Estafeta Sirdaryo viloyatiga o‘tdi
19:50 / 2024-06-14

Mamlakatimizda Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi huzuridagi Respublika “Barkamol avlod” bolalar maktabi tomonidan “Barkamol avlod bolalari” festivaliga start berilgan edi.

Mazkur festival Buxoro viloyatida ham yuqori saviyada tashkil etildi. Unda viloyatdan umumiy 35 ming nafardan ortiq o‘quvchi-yosh ishtirok etdi. Ular madaniyat va san’at, texnika, konstruktorlik va modellashtirish, jismoniy tarbiya va sport, hunarmandchilik va qo‘l mehnati, turizm va ekologiya, oliy ta’lim muassasalari va maktabga tayyorlov va xorijiy tillar yo‘nalishlari bo‘yicha saralandi.

– Festival to‘garaklarda o‘quvchilar qamrovini oshirish, ichki turizmni rivojlantirish, tajriba almashishda muhim ahamiyat kasb etdi, – deydi viloyat “Barkamol avlod” bolalar maktabi direktori M.Jamolova. 

Buxoro shahridagi Yoshlar markazida o‘tkazilgan festival g‘oliblarini taqdirlash marosimi viloyat hokimi o‘rinbosari Mirali Hamroyev ishtirok etdi. G‘oliblar va faol ishtirokchilar diplom, sovrinlar va esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi. Festival estafetasi Sirdaryo viloyatiga topshirildi. 

Zarif Komilov, O‘zA