Ўзбек
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Essity kompaniyasi ham Rossiya bozorini tark etmoqda
15:14 / 2022-04-22

Zewa, Libresse va Libero kompaniyalariga egalik qilayotgan va shaxsiy gigiyena mahsulotlarini ishlab chiqaruvchi Essity Rossiyadan ketmoqda.

Bu haqda kompaniya juma kuni matbuot xabarnomasida ma’lum qildi.  
"Essityning Rossiyada biznes qilish sharoitlari qiyinlashib ketdi. Natijada kompaniyaning Rossiyadagi aktivlari taxminan 1,4 milliard shved kroniga (147 million dollar) arzonlashdi. Bundan tashqari, Rossiya bozoridan chiqish bo‘yicha harakatlar boshlandi", – deya ta’kidladi kompaniya rahbari Magnus Grot 2022 yilning birinchi choragi bo‘yicha hisobotiga izoh berar ekan. 

2021 yilda Essityning  Rossiyadagi savdo aylanmasi 2,8 milliard kronni (taxminan 29,5 million dollar) tashkil etgandi. 

Essity hojatxona qog‘ozlari, qog‘oz sochiqlar va dastro‘molchalar, qutiga joylashtirilgan salfetkalar, namlangan va oshxona salfetkalari, yuz uchun niqob, shuningdek, sovun, losonlar, qo‘l uchun antiseptik gel ishlab chiqaradi. Kompaniya Rossiyada faoliyatini  1994 yilda boshlagan edi, ayni damda kompaniyaning Rossiya bo‘limida 1 ming 300 ga yaqin xodimi bor.