Русский
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
“ESP around the Globe: Teaching and Research” xalqaro anjumani boshlandi
20:39 / 2022-05-20

Bugun I.M.Gubkin nomidagi Rossiya davlat neft va gaz universitetining Toshkent shahridagi filialida “UzTESPING” loyihasi doirasida “ESP around the Globe: Teaching and Research” mavzusida xalqaro konferensiya o‘z ishini boshladi.

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Xorijiy tillarni o‘rganishni ommalashtirish agentligi, I.M.Gubkin nomidagi Rossiya davlat neft va gaz universiteti Toshkent filiali hamda “Warwick University” bilan hamkorlikda tashkil etilgan tadbirni o‘tkazishdan asosiy maqsad talabalarga kasbga yo‘naltirilgan ingliz tili o‘qitilishini takomillashtirish va o‘qituvchilar malakasini oshirish, ularni shu sohadagi zamonaviy yondashuvlar bilan tanishtirishdan iborat.

Gibrid shaklda o‘tkazilayotgan anjumanda yurtimizning barcha hududlaridagi oliy ta’lim muassaslaridan yuqori malakali va xalqaro tajribaga ega professor-o‘qituvchilar, trenerlar ishtirok etdi.

Xorijiy va mahalliy pedagoglar o‘quv mashg‘uloti boshlanishidan oldin ingliz tilidagi kitoblar ko‘rgazmasi bilan yaqindan tanishishdi.

Shuningdek, “Dunyo bo‘ylab kasbga yo‘naltirilgan ingliz tili: o‘quv-metodik va tadqiqot masalalari” konferensiyasida so‘zga chiqqanlar mazkur uchrashuvning ahamiyati hamda zamonaviy bilimlar yordamida o‘qituvchilar malakasini oshirishga alohida urg‘u berdilar.

– Forum xorijlik va mahalliy pedagoglar o‘rtasida o‘zaro tajriba almashishga yordam beradi, – deydi Xorijiy tillarni o‘rganishni ommalashtirish agentligi mutaxassisi Shahlo Temirova. – Xorijiy tilni bilish hozirgi kunda har bir pedagog uchun muhim, chunki bu orqali har bir til o‘qituvchisi yoki uni o‘rganuvchi o‘zini yangi bilim bilan boyitib, ko‘nikma hosil qiladi.

Kunning birinchi yarmida xalqaro konferensiyaning sho‘’ba yig‘ilishlari ham bo‘lib o‘tdi. Unda nofilologik OTMlarda “ESP” – maxsus maqsadga yo‘naltirilgan ingiliz tilini o‘qitish metodikalari ishtirokchilar tomonidan qizg‘in muhokama qilindi. Tadbirda ayniqsa, ingliz tilini o‘rgatishda Veneusuela tajribasi va “ESPecially interesting” bo‘yicha onlayn ma’ruza qatnashchilarda yaxshi taassurot qoldirdi.

Xalqaro konferensiya 21 may kuni nihoyasiga yetadi.

Ulug‘bek Mahmirzayev, O‘zA