Arabic
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Eskirgan yondashuvlardan voz kechmoq kerak
10:55 / 2024-06-13

Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi Andijon viloyat bo‘limi tomonidan hamkor tashkilotlar bilan birgalikda soha xodimlari uchun “Ma’naviy-ma’rifiy ishlar: muammo, tahlil, yechim” mavzusida o‘quv-amaliy seminar tashkil etildi.

Seminar Andijon davlat pedagogika institutida professor-o‘qituvchilar ishtirokida “Oilaning beshta fazilati” mavzusidagi ochiq muloqot bilan boshlandi. Unda ilm-fan  va zamonaviy texnologiya yuksak taraqqiy etayotgan  hozirgi davrda tarbiyaviy ishlar ta’lim jarayonining o‘zagi bo‘lishi kerakligi haqida so‘z bordi.  

[gallery-17815]

Targ‘ibotchilar seminar doirasida viloyat sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi boshqarmasi Izboskan tuman bo‘limida bo‘ldilar.  Bu yerda ma’naviy-ma’rifiy ishlar qay tartibda yo‘lga qo‘yilgani va samaradorligini bilan qiziqdilar.

Seminarda, shuningdek, Ma’naviyat va ma’rifat markazi hududiy bo‘limlari o‘z faoliyatini tubdan tanqidiy-tahliliy ko‘rib chiqib, sohada eskirgan yondashuvlardan, samarasiz usul va vositalardan voz kechgan holda yangicha, aniq maqsadga yo‘naltirilgan zamonaviy targ‘ibot texnologiyalarini ishlab chiqish hamda amalga oshirish masalalari muhokama qilindi. Taklif va mulohazalar o‘rtaga tashlandi. Raqamli makonda yanada faollashish, mavjud tahdidlar, noxolis axborot xurujlariga qarshi munosib javob berish soha xodimlarining bu boradagi bilim va malakasini muntazam oshirib borishni talab qilishi alohida ta’kidlandi.

Zuhriddin UMURZOQOV(surat),O‘zA