“Eski ToshMI” binosining restavratsiya loyihasi tasdiqlandi
Yanvar oyining boshida ijtimoiy tarmoqlarda poytaxtning Yashnobod tumanida joylashgan Toshkent tibbiyot akademiyasining ko‘p tarmoqli klinikasi binosi buzilishi haqida xabarlar keng muhokamalarga sabab bo‘lgan edi.
Madaniy meros agentligi huzuridagi Ilmiy-ekspert kengashining 1-sonli yig‘ilishida “Oʼzshaharsozlik LITI” davlat muassasasi tomonidan taqdim etilgan “Toshkent tibbiyot akademiyasining ko‘p tarmoqli klinikasida bino va inshootlarini qurish, rekonstruksiya qilish” loyihasi ko‘rib chiqildi.
Loyihaga ko‘ra, ushbu binoga mos ravishda 26 metr, 13 metr va 52 metr masofalardagi “Akkreditatsiya-simulyatsiya” qo‘shimchasiga 2 ta yotoqxona binosini qurish, loyihada cherkov bo‘lgan binoning yuqori qismini tiklash, binolarning tashqi ko‘rinishini hamda konstruktiv holatini saqlash belgilangan.
M.Komilova, O‘zA