Русский
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
“Eski shahar” dasturi ishlab chiqiladi (+video)
20:59 / 2026-01-23

Prezident topshirig‘i Turizm qo‘mitasi raisi sharhida

Samarqand, Buxoro, Xiva kabi tarixiy manzillarga ko‘p boramiz. Aslida, Toshkent ham xuddi shunday qadimiy shahar. Faqat buni his qilish kerak. Ba’zan kishi o‘tmishga sayohat qilishni istab qoladi. Shunday payt asrlar davomida shakllangan tarixiy qiyofasi, milliy me’morchilik an’analari bilan ajralib turadigan poytaxtning Eski shahri – Xastimom mahallasi yaxshi tanlov bo‘lishi mumkin.

Bugun Prezident Shavkat Mirziyoyev ushbu mahalladagi Zarqaynar ko‘chasiga tashrif buyurib, hududda tashkil etilgan turizm va xizmat ko‘rsatish ob’ektlari faoliyati bilan tanishdi.

Tadbir doirasida “Olmazor” innovatsion o‘sish hududini rivojlantirishga qaratilgan master-reja taqdimoti ham o‘tkazildi. Davlatimiz rahbari har bir ko‘cha uchun kamida besh yillik master-reja ishlab chiqish bo‘yicha ko‘rsatma berdi.

Prezident Shveysariyaning Davos shahrida binolar saqlangan holda, shahar muhiti sharoitga mos ravishda rivojlantirilayotganini ko‘rganini aytib, biz ham eski shaharni asrab-avaylashimiz, yanada rivojlantirishimiz kerakligini tushuntirdi. Endi “Eski shahar” dasturi ishlab chiqiladi.

Turizm va xizmat ko‘rsatish sohalaridagi ishlarni yanada takomillashtirish, mahallalardagi tarixiy muhitni asrab-avaylagan holda, iqtisodiy faollikni oshirish bo‘yicha mutasaddilarga vazifalar berildi.

Turizm qo‘mitasi raisi Abdulaziz Aqqulov O‘zA muxbiriga intervyu berib, tashrif tafsiloti va topshiriqlarni sharhladi.

Videoni tomosha qiling.

<iframe width="650" height="420" src="https://www.youtube.com/embed/RIINMGGjaa8" title="“Eski shahar” dasturi ishlab chiqiladi" frameborder="0" allow="accelerometer; autoplay; clipboard-write; encrypted-media; gyroscope; picture-in-picture; web-share" referrerpolicy="strict-origin-when-cross-origin" allowfullscreen></iframe>

Behruz XUDOYBERDIEV, Oybek DAVRONOV, Anvarxo‘ja AHMEDOV (video), O‘zA