Spanish
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Eski o‘quv binosi “Tashabbusli byudjet” loyihasi doirasida mukammal ta’mirlanadi
08:23 / 2022-05-11

Joriy yilning fevral-mart oylari davomida yurtimiz bo‘ylab o‘tkazilgan tashabbusli byudjet jarayonlarida Farg‘ona viloyati O‘zbekiston tumanidagi 48-maktab jamoasi, ota-onalar va mahalla ahli ham faol ishtirok etib, maktab infrastrukturasini yaxshilash bo‘yicha ilgari surgan tashabbuslari g‘olib deb topilgan.

Loyihaga ko‘ra maktabdagi mavjud ma’nan eskirgan, 2007 yildan buyon foydalanilmay kelinayotgan o‘quv korpusi qaytadan mukammal ta’mirlanib, 175 o‘quvchi o‘rniga ega bo‘lgan yangi bino barpo etish ko‘zda tutilgan. Buning uchun davlat byudjetidan 584 million sarflanadi.

“Oxta Tagob” mahallasida joylashgan ushbu ta’lim maskanida ayni kunlarda bir navbatda 600 nafar o‘quvchilar tahsil olishmoqda.

Tuman hokimi Sherzodjon Yo‘ldoshev mazkur o‘quv dargohida bo‘lib, loyiha doirasida amalga oshiriladigan ishlar rejasi bilan tanishdi.

Tuman halq ta’limi bo‘limi va maktab rahbariyati, ustoz-murabbiylar bilan suhbatlarda bajariladigan ishlar, ajratiladigan mablag‘ni maktab uchun eng maqbul va manfaatli loyihalar uchun sarflanishi haqida so‘z bordi. Tuman rahbari qurilish sohasi mas’ullariga loyihani aniq hisob-kitoblar asosida yana bir bor puxta ko‘rib chiqish, qurilish jarayonlarida jamoatchilik nazoratini o‘rnatishni tashkil etish yuzasidan zaruriy tavsiyalar berdi.

Farg‘ona viloyatida joriy yil o‘tkazilgan "Tashabbusli byudjet" loyihasida 204 ta taklif g‘olib deb topilgan. Prezident qarori asosida esa 2 mingdan ortiq ko‘p ovoz to‘plagan 43 ta taklif ham moliyalashtiriladigan bo‘ldi.

M. Sulaymonov, O‘zA