Русский
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Eski namunadagi haydovchilik guvohnomasini almashtirish muddati yakunlandimi? (+video)
20:11 / 2023-03-30

Xabaringiz bor Vazirlar Mahkamasining tegishli qaroriga asosan eski namunadagi milliy haydovchilik guvohnomalari, hamda avtomototransport vositasi ro‘yxatdan o‘tkazilganligi to‘g‘risidagi guvohnomalarning barchasi muddatlariga qarab joriy yilda o‘z kuchini yo‘qotadi.

Ayni paytda mamlakatimiz hududidagi Davlat yo‘l harakati xavfsizligi xizmatining barcha ro‘yxatdan o‘tkazish va imtixon olish bo‘linmalarida ushbu guvohnomalar ortiqcha ovoragarchiliksiz soddalashtirilgan tartibda almashtirilmoqda.

IIV Jamoat xavfsizligi departamenti Yo‘l harakati xavfsizligi xizmatining ma’lumotlarida keltirilishicha, fuqarolarimiz haydovchilik guvohnomasining almashtirish muddati yetib kelishini kutmasdan, oldindan harakat qilishi tavsiya etiladi.

Bu haqda batafsil O‘zAning YouTube kanalida tanishishingiz mumkin.

<iframe width="650" height="420" src="https://www.youtube.com/embed/pVlxzbtX3t4" title="Eski namunadagi haydovchilik guvohnomasini almashtirish muddati yakunlandimi" frameborder="0" allow="accelerometer; autoplay; clipboard-write; encrypted-media; gyroscope; picture-in-picture; web-share" allowfullscreen></iframe>

O‘tkir Alimov, Doniyor Yoqubov (video), O‘zA