Markaziy bank ma’lumotlariga ko‘ra, 2025-yilda muomaladagi 200 000 so‘mlik banknotlar ulushi 23,4 foizdan 28,5 foizga oshgan, 100 000 so‘mlik banknotlar ulushi esa 40,9 foizdan 36,4 foizga kamaygan. Bu o‘zgarish asosan eski namunadagi banknotlarni muomaladan chiqarish va yangilarini joriy qilish natijasidir.
Banknotlar umumiy soni ham o‘sgan bo‘lib, 2025-yilda u 262 mln. donaga ko‘payib, qariyb 2 mlrd. 446 mln. donaga yetgan.
Muomaladagi naqd pullar tarkibida nominal bo‘yicha nisbatlar 2025-yil yakuniga kelib quyidagicha shakllangan. Kichik nominaldagi banknot va tangalar 1,1 foiz, o‘rta nominaldagi banknotlar 15,8 foiz, yirik nominaldagi banknotlar 83,1 foizni tashkil etmoqda.
Shuningdek, eski namunadagi banknotlar bosqichma-bosqich qaytarib olinib, ular yangilari bilan almashtirildi. 5 000 so‘mlik banknotlar 25 foizdan 7 foizga kamaydi. 10 000 so‘mlik banknotlar 24 foizdan 5 foizga, 50 000 so‘mlik banknotlar – 25 foizdan 4 foizga, 100 000 so‘mlik banknotlar 18 foizdan 3 foizga kamaydi.
Bu choralar muomaladagi banknotlarning sifatini oshirish, eski va issiqdan ta’sirlangan banknotlarni bosqichma-bosqich chiqarib, ularni yangi va barqaror banknotlar bilan almashtirish maqsadida amalga oshirildi.
Sh.Mamaturopova, O‘zA