Arabic
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Eshli Barti Avstraliya ochiq chempionati g‘olibi!
16:18 / 2022-01-29

Xabar berganimizdek, bugun, 29 yanvar kuni Avstraliya ochiq chempionatining ayollar o‘rtasidagi yakkalik final o‘yini bo‘lib o‘tdi.

Yeshli Barti “katta dubulg‘a” turnirining finalida amerikalik Daniel Kollinz bilan kuch sinashdi. Ahamiyatlisi, murosasiz bahslar natijasida avstraliyalik Eshli Barti finalda amerikalik Daniel Kollinzni 6:3, 7:6 (7:2).  hisobida dog‘da qoldirdi.

Aytish joizki, 25 yoshli Eshli Barti  Avstraliya tennis tarixida 30 yillik muddatdan keyin birinchi ochiq chempionat g‘olibiga aylandi.

Aynan 1978 yili avstraliyalik mahalliy sportchi Kris O'Nill shunday muvaffaqiyatga erishgan edi.

T. Ro‘ziyev, O‘zA