Русский
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Eshkak eshuvchilar O‘zbekiston kubogida bahslashmoqda
12:42 / 2019-03-13

Toshkent dengizida akademik eshkak eshish bo‘yicha O‘zbekiston kubogining birinchi bosqich boshlandi.


Toshkent dengizida akademik eshkak eshish bo‘yicha O‘zbekiston kubogining birinchi bosqich boshlandi. 

Unda mamlakatimizning turli hududlaridan kelgan 150 nafarga yaqin sportchi g‘oliblik uchun o‘zaro raqobatlashmoqda.

Musobaqaning birinchi kun dasturidan yakkalik va juftlik bahslari joy oldi. Qizlar o‘rtasida o‘tgan yakka tartibda o‘tgan bellashuvlarda sirdaryolik Luiza Islomova marraga birinchi bo‘lib yetib keldi. Shuningdek, samarqandlik Mehrangiz Toshpo‘latova hamda Sayyora Bobomurodova belgilangan masofani ikkinchi va uchinchi bo‘lib bosib o‘tdi. Ayni paytda juftliklar o‘rtasida O‘zbekiston kubogining yarim final bosqichi o‘tkazilmoqda.

Kubokning yakkalik va juftlik bahslari yakunlangach, to‘rtlik va sakkiztalik ekipajlar o‘rtasidagi musobaqaga start beriladi. 

photo5208906315223640579.jpg

photo5208875692106820135.jpg