Chinese
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Eshkak eshish sporti: Xalqaro tajriba – muvaffaqiyat omili
12:04 / 2024-12-04

Eshkak eshish sport turi Olimpiya o‘yinlarida eng ko‘p medallar jamlanmasi o‘ynaladigan yo‘nalishlardan biri hisoblanadi.

Xususan, “Los-Anjeles-2028” yozgi Olimpiya o‘yinlarida eshkak eshish sport turining 30 dan ortiq yo‘nalishlarida medallar uchun kurashlar bo‘lib o‘tishi kutilmoqda.  

Milliy olimpiya qo‘mitasi mutasaddi va mutaxassislari tomonidan O‘zbekiston Rowing&Canoe federatsiyasi vakillari bilan “Los-Anjeles-2028” Olimpiya o‘yinlariga tayyorgarlik rejalari bo‘yicha yig‘ilish o‘tkazildi. Sport bazalaridagi umumiy holat ko‘zdan kechirildi.  

Toshkent viloyatining Tuyabo‘g‘iz suv omboridagi suv sporti turlari bo‘yicha Respublika oliy sport mahorati maktabi bazasi, sportchilar yashaydigan yotoqxona, mashg‘ulot va musobaqa joylari va terma jamoaning moddiy-texnik bazasi bilan tanishuv davomida xalqaro tajribani keng qo‘llash Olimpiya o‘yinlariga hozirlikning muhim omili ekani ta’kidlandi.  

Federatsiya mutasaddilari yaratilayotgan shart-sharoitlar, tashkil etilayotgan o‘quv-mashg‘ulot yig‘inlari xususida taqdimot o‘tkazdi. “Aichi-Nagoya-2026” yozgi Osiyo hamda “Los-Anjeles-2028” yozgi Olimpiya o‘yinlariga tayyorgarlikda qaysi jihatlarga e’tibor qaratish lozimligi, har bir yo‘nalishda raqobatbardosh sportchilar tarkiblarini shakllantirish lozimligi aytib o‘tildi.  

Uchrashuv va muloqotlar so‘ngida sportchilarni zamonaviy inventarlar bilan ta’minlash borasida aniq takliflar ilgari surildi.  

T.Ro‘ziyev,  

O‘zA