“Erudit bolajon” 175 nafar kichkintoyga o‘z bag‘rini ochdi
Andijon tumanining Qoratut mahallasida “Erudit bolajon” davlat-xususiy sherikchiligi asosidagi nodavlat ta’lim tashkiloti foydalanishga topshirildi.
[gallery-529]
“ERUDIT GARDEN” mas’uliyati cheklangan jamiyati tomonidan amalga oshirilgan mazkur loyihaga 2 milliard 950 million so‘m tadbirkorning o‘z mablag‘i va 2 milliard 800 million so‘m bank krediti yo‘naltirildi. Muassasa 175 o‘ringa mo‘ljallangan. Bu yerda bolajonlar uchun ingliz, rus va koreys tillari hamda kompyuter savodxonligi, gimnastika mashg‘ulotlari tashkil etilgan.
Zuhriddin UMURZOQOV (surat), O‘zA