Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Ertak qahramonlari ishtirokidagi teatrlashtirilgan shou dasturi
16:15 / 2025-05-21

FOTOREPORTAJ

Nukus shahrida joylashgan Berdaq nomidagi Qoraqalpoq davlat akademik musiqali teatrida maktab o‘quvchilari va kichkintoy bolajonlar e’tiboriga “Siz sevgan ertak qahramonlari” nomli teatrlashtirilgan shou dasturi namoyish etildi. 

Dastur Toshkent shahar Navoiy teatr studiyasi ijodkorlari jamoasi tomonidan tashkil qilingan bo‘lib, unda bir qancha qiziqarli namoyishlar o‘rin olgan.

Xususan, qiziqarli ertak, multfilm, kinofilm qahramonlari ijrosidagi sahna ko‘rinishlari, ashula va raqslar, bolalar va ularning ota-onalari ishtirokidagi viktorina o‘yinlari, lazer shou kabilar tomoshabinlarda katta qiziqish va yaxshi taassurotlar qoldirdi.  

[gallery-23481]

Maqsad HABIBULLAEV (surat), O‘zA