"Hududgaz poytaxt" gaz ta’minoti filiali matbuot xizmatining ma’lum qilishicha, joriy yilning 16 mart kuni soat 10:00dan 18:00ga qadar Sergeli va Yangihayot tumanlarining ayrim joylarida tabiiy gaz ta’minoti vaqtincha to‘xtatiladi.
Sergeli tumani 8-mavzeda joylashgan yuqori bosimli gaz taqsimlash punkti boshqa manzilga ko‘chirilgani sababli, o‘rta bosimli gaz quvurlaridagi zulfinlar va boshqa qurilmalarda demontaj ishlarini olib borish "Sergelitumangaz" gaz ta’minoti bo‘limi tomonidan amalga oshirish rejalashtirilgan.
Shu sababli Sergeli tumanida:
— "Sohibqiron" МФЙдаги 15 ta ko‘p qavatli uylardagi jami 936 ta aholi xonadonlarida;
— "Yangi Sergeli" МФЙдаги 28 ta ko‘p qavatli uylardagi jami 1 ming 137 ta aholi xonadonlarida;
— "Ezgulik" МФЙдаги 26 ta ko‘p qavatli uylardagi jami 1 ming 699 ta aholi xonadonlarida;
— "Madadkor" МФЙдаги 44 ta ko‘p qavatli uylardagi jami 2 ming 24 ta aholi xonadonlarida;
— "Ziynat" МФЙдаги 28 ta ko‘p qavatli uylardagi jami 2 ming 4 ta aholi xonadonlarida;
— "Mehrigiyo" МФЙдаги 30 ta ko‘p qavatli uylardagi jami 1 288 ta aholi xonadonlarida;
— "O‘zgarish" МФЙдаги 33 ta ko‘p qavatli uylardagi jami 1 616 ta aholi xonadonlarida;
— "Xabibiy" МФЙдаги 30 ta ko‘p qavatli uylardagi jami 1 430 ta aholi xonadonlarida;
— "Saxovat" МФЙдаги 28 ta ko‘p qavatli uylardagi jami 1 516 ta aholi xonadonlarida;
— "Qipchoq" МФЙдаги 26 ta ko‘p qavatli uylardagi jami 1 139 ta aholi xonadonlarida;
— "Nurhayot" МФЙдаги 38 ta ko‘p qavatli uylardagi jami 1 446 ta aholi xonadonlarida;
— "Ittifoq" МФЙдаги 22 ta ko‘p qavatli uylardagi jami 1 486 ta aholi xonadonlarida;
— "Nilufar" МФЙдаги 26 ta ko‘p qavatli uylardagi jami 1 232 ta aholi xonadonlarida.
— "Daryo bo‘yi" МФЙдаги jami 1 460 ta uy xo‘jaliklarida;
— "Sofdil" МФЙдаги jami 1 140 ta uy xo‘jaliklarida;
— "So‘g‘diyona" МФЙдаги jami 1 472 ta uy xo‘jaliklarida.
Yangihayot tumanida:
— "Ibrat" МФЙдаги 14 ta ko‘p qavatli uylardagi jami 455 ta aholi xonadonlarida, 406 ta uy xo‘jaliklarida;
— "Olchazor" МФЙдаги 18 ta ko‘p qavatli uylardagi jami 584 ta aholi xonadonlarida, 928 ta uy xo‘jaliklarida;
— "Xushnud" МФЙдаги 24 ta ko‘p qavatli uylardagi jami 866 ta aholi xonadonlarida hamda 111 ta uyda gaz ta’minoti vaqtincha o‘chiriladi.
O‘zA