Ertaga «Toshkent kuzi» reyting turnirining g‘olib va sovrindorlari aniqlanadi
FOTOREPORTAJ
Avval xabar berganimizdek, poytaxtimizdagi Xalqaro shaxmat akademiyasida an’anaviy «Toshkent kuzi» reyting turniri nihoyasiga yetay, deb qoldi.
[gallery-25814]
Bugun turnirning 8-turi o‘ynalmoqda. O‘tgan 7 ta tur natijalarga ko‘ra, Shahronbek Karimov, Sayyid Usmon Shamsiddin, Muhammaddiyor Muhammadillayev, Kamoliddin Ma’murov, Xudoyor Maraimov, Ahror Islomov, Asadbek Qo‘shoqov, Akrom Yo‘ldoshev, Davronbek Shomirzayev kabi shaxmatchilar g‘olib va sovrindorlar safidan o‘rin olishga yaqin turibdi.
Reyting turnirining g‘olib va sovrindorlari ertaga, 21 oktyabr kuni ma’lum bo‘ladi.
Muhammad AMIN (surat), O‘zA