Русский
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Ertaga shaharlararo yo‘lovchi poyezdlarining ikkita reysi bekor qilinadi
20:20 / 2021-06-24

“O‘ztemiryo‘lyo‘lovchi” aksiyadorlik jamiyatidan ma’lum qilishlaricha, joriy yilning 25 iyun kuni Toshkent – Xojikent – Toshkent yo‘nalishida harakatlanadigan shaharlararo yo‘lovchi poyezdlarining ikkita reysi bekor qilinadi.

Ayni vaqtda "Toshkent mintaqaviy temir yo‘l uzeli” UKga qarashli “OQQOVOQ” stansiyasining 1-asosiy temir yo‘lida kapital ta’mirlash ishlari amalga oshirilayotgani bunga sabab bo‘lmoqda.

Shu sababli, 07:10 da – “Toshkent – Xojikent”, 10:10 da – “Xojikent–Toshkent” yo‘nalishida harakatlanadigan shaharlararo yo‘lovchi poyezdlar qatnovi bekor qilinadi.

Shu kuni soat 14:06, 16:42, 17:31 hamda 19:13 da harakatlanadigan – “Toshkent–Xojikent–Toshkent” yo‘nalishidagi shaharlararo yo‘lovchi poyezdlari harakat jadvali bo‘yicha amalga oshiriladi.

“O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ rahbariyati bunday noqulaylik uchun yo‘lovchilardan uzr so‘raydi.