Spanish
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Ertaga Pley-off o‘yini, indinga Kubok yarim finali, keyin o‘tish turnirlari
14:18 / 2020-12-14

Pandemiya «sharofati» tufayli futbol musobaqalarida sezilarli o‘zgarishlar yuz berdi. Natijada 2020 yilgi futbol mavsumi sovuq, yog‘ingarchilikka qolib ketdi.

To‘g‘ri, superliga, Pro-liga, Birinchi va Ayollar ligalari nihoyasiga yetdi, lekin mavsum hali tugamadi. Oldinda yana bir qator musobaqalar bor. Jumladan,

Ertaga, 15 dekabr kuni Pro-ligada 2-o‘rinni egallagan «Neftchi» hamda Coca-Cola Superliganing 13-jamoasi bo‘lgan «Andijon» ishtirokida pley-oof o‘yini o‘tkaziladi. Agar bahsda «Andijon»ning qo‘li baland kelsa Superligadagi o‘z o‘rnini saqlab qoladi, g‘alaba «Neftchi»ga nasib etgan taqdirda farg‘onaliklar bir necha yillik tanaffusdan keyin yana kuchlilar safiga qo‘shiladi. Uchrashuv «Istiqlol» stadionida, soat 14.00da boshlanadi.

Ushbu bellashuvni Ilgiz Tantashev boshqarib boradi. Unga qanotlarda Husniddin Shodmonov, Timur Gaynulin yordam beradi. Zaxira hakam vazifasini esa G‘ayrat Jo‘rayev bajaradi. Nazoratchi hakam etib Marat Ismoilov tayinlandi. Uchrashuv komissari Jahongir Rahmatullayev.

Oradan bir kun o‘tib, 16 dekabr kuni O‘zbekiston Coca-Cola kubogida yarim final bahslari bo‘lib o‘tadi. Unda «Qo‘qon-1912» – «Paxtakor» va AGMK – «Nasaf» jamoalari o‘zaro kuch sinashishadi. Qo‘qondagi o‘yin 13:00da, Olmaliqdagi uchrashuv esa 16:00da boshlanadi. G‘olib jamoalar 20 dekabr kuni Namangandagi «Navbahor» markaziy stadionida hal qiluvchi final o‘yinida maydonga tushishadi.

Shundan keyin navbat o‘tish turniriga beriladi. Unda Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar birinchiliklarida peshqadam bo‘lgan jamoalar Birinchi ligaga yo‘llanma olish uchun o‘zaro kuch sinashishadi.

Oybek YUNUSOV, O‘zA