“22 dekabr – Energetiklar kuni” munosabati bilan “O‘zbekgidroenergo” aksiyadorlik jamiyati tizim korxona va tashkilotlarida bir qator mutaxassislarni “Gidroenergetika iftixori” ko‘krak nishoni bilan taqdirlash marosimi o‘tkazildi.
Unda jamiyat boshqaruvi raisi Abdug‘ani Sanginov “O‘zbekgidroenergo” AJ va uning tizim korxonalari 2020 yil yakuni bilan barcha prognoz parametrlari reja ko‘rsatkichlarining bajarilishi, 2021 yilda gidroenergetika sohasini rivojlantirish va ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyotni ta’minlashning dolzarb vazifalari borasida alohida qayd etdi.

So‘nggi yillarda gidroenergetika sohasiga qaratilayotgan ulkan e’tibor natijasida investitsiyaviy loyihalar asosida keng ko‘lamli islohotlar, qurilish va modernizatsiya ishlari belgilangan reja asosida, tizimli ravishda amalga oshirilib kelinmoqda.
Yil sayin mamlakatimizda investitsiyaviy loyihalar asosida quriladigan, ekspluatatsiyaga topshiriladigan GESlar soni tobora ortib bormoqda. Bu, o‘z navbatida, qayta tiklanuvchi elektr energiyasi ishlab chiqarish quvvatlarining yanada ortishiga mustahkam poydevor yaratmoqda.

Ta’kidlash joizki, soha rivojiga o‘zining boy bilim va tajribasi, kamtarin va samarali mehnatini qo‘shgan, hamkasblari orasida yuksak insoniy fazilatlari, mehnatsevarligi bilan katta obro‘-e’tibor qozongan, gidroenergetika sohasining nufuzi, shon-shuhrati va sharafini yuksaltirishga hamda uning mavqeini oshirishga xizmat qilayotgan fidoyi gidroenergetiklar ko‘plab topiladi.
Tadbirda “Gidroenergetika iftixori” ko‘krak nishoni hamda faxriy yorliqlariga munosib deb topilgan .Gayeva Svetlana Nikolayevna–“Gidroproyekt” AJ “Gidrotexnika” bo‘limi bosh mutaxassisi, Tazetdinov Aleksey Yunerovich – “Quyi Bo‘zsuv GESlar kaskadi” UK “Elektrotexnika” laboratoriyasi bo‘limi muhandisi, 3.Ramanov Asan Yusupovich – “Chirchiq GESlar kaskadi” UK chilangari kabi soha fidoiylariga mukofotlar topshirildi.
O‘zA