English
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Ertaga chempionat bahslari nihoyasiga yetadi
12:09 / 2026-02-27

FOTOREPORTAJ

Gandbol bo‘yicha o‘tkazilayotgan mamlakat chempionati bahslarining birinchi davrasi nihoyasiga yetmoqda.

Kecha kunning birinchi yarmida poytaxtimizdagi “Olimpiya shaharchasi”da ayollar jamoalari navbatdagi uchrashuvni o‘tkazdi. Bahslarda quyidagi natijalar qayd etildi: Namangan – RANCH (Xorazm) 35:41, Navoiy – Toshkent shahri 22:31, OKMK (Toshkent viloyati) – Samarqand 35:26, Jizzax – ROPSTTM (Respublika olimpiya va paralimpiya sport turlariga tayyorlash markazi) 27:32.

 Erkaklar jamoalari o‘rtasidagi uchrashuvlar ham keskin va murosasiz kurashlarga boy bo‘ldi. Undagi natijalar bilan tanishing: Qo‘qon davlat universiteti – Toshkent shahar 25:37, Navoiy viloyati – “Ma’mun” (Xorazm) 18:29,  Buxoro davlat universiteti – Termiz davlat universiteti 16:31, Qoraqalpog‘iston Respublikasi – OKMK (Toshkent viloyati) 30:31.

[gallery-27892]

Mamlakat chempionatining birinchi davra bahslari ertaga – 28-fevral kuni nihoyasiga yetadi.

Muhammad AMIN (surat), O‘zA