BMT Xavfsizlik kengashining MiG-31 hodisasi bo‘yicha yig‘ilishi 22 sentyabr kuni bo‘lib o‘tadi.
Estoniya Tashqi ishlar vazirligi BMT XKning ushbu Boltiq bo‘yi davlati havo hududi rossiyalik qiruvchi samolyot tomonidan buzilgani haqidagi gumon bilan bog‘liq favqulodda yig‘ilishi ertaga o‘tkazilishini ma’lum qildi.
Mamlakat Bosh vaziri Kristen Mixal juma kuni sodir bo‘lgan ushbu voqea tufayli Alyans nizomi 4-moddasiga muvofiq, NATO doirasida maslahatlashuv o‘tkazilishi to‘g‘risida so‘rov yuborishga qaror qilingan.
Qayd etilganidek, Estoniya BMTga a’zo bo‘lgandan keyingi 34 yil ichida ilk bor shunday majlini rasman so‘radi.
Rossiya Mudofaa vazirligi juma kuni RF armiyasiga qarashli uch MiG-31 qiruvchi uchog‘i Kareliyadan Kaliningrad viloyatidagi aerodromga rejali parvoz amalga oshirganini ma’lum qildi.
Ta’kidlanishicha, amaliyot chog‘i havo hududidan foydalanish bo‘yicha xalqaro qoidaga qat’iy rioya qilingan, boshqa davlat chegarasi buzilmagan. Parvoz davomida Rossiya samolyotlari kelishilgan havo yo‘nalishidan chetga chiqmagan, Estoniya havo hududini buzmagan.
Parvoz yo‘nalishi Boltiq dengizining betaraf suvi orqali Vayndlo orolidan uch kilometrdan ko‘proq masofadan o‘tgan.
G.Sattorova, O‘zA