Қазақ
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Ertaga AQSH va Eron o‘rtasida yadroviy masalalar muhokama qilinadi (+video)
19:57 / 2026-02-05

AQSH va Eron juma kuni muzokara o‘tkazadi, biroq uchrashuv dastlab kelishilganidek Turkiyada emas, balki Omanda bo‘lib o‘tadi. Bu haqda Eron hukumati manbalariga tayanib, Evronews xabar berdi.

Ma’lumotlarga ko‘ra, Eron delegatsiyasi nafaqat uchrashuv joyini, balki kun tartibini ham o‘zgartirishga harakat qilgan. Tehron muzokaralarni faqat yadroviy dastur bilan cheklab, AQSH uchun muhim bo‘lgan ballistik raketalar, qurollangan guruhlarni qo‘llab-quvvatlash va inson huquqlari masalalarini muhokamadan chiqarmoqchi bo‘lgan. Bu esa amerikaliklarni qoniqtirmagani aytiladi.

Avval AQSH va Eron boshqa Yaqin Sharq davlatlari kuzatuvchi sifatida ishtirok etadigan ko‘p tomonlama maslahatlashuvlar o‘tkazishga kelishgan edi. Biroq keyinchalik, Tehron ikki tomonlama shaklda muzokara olib borishni ma’qul ko‘rgan.

6 fevral kuni bo‘lishi kutilayotgan uchrashuvlar 2025 yil Isroil–Eron o‘rtasidagi 12 kunlik urushdan keyingi ilk to‘g‘ridan-to‘g‘ri muzokaralar bo‘ladi.

<iframe width="650" height="420" src="https://www.youtube.com/embed/Ex53SzY90h8" title="Ertaga AQSH va Eron o‘rtasida yadroviy masalalar muhokama qilinadi" frameborder="0" allow="accelerometer; autoplay; clipboard-write; encrypted-media; gyroscope; picture-in-picture; web-share" referrerpolicy="strict-origin-when-cross-origin" allowfullscreen></iframe>

Kenja Bekjonov, Anvarxo‘ja Ahmedov, O‘zA