Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Ertadan Toshkentda isitish mavsumi yakunlanadi
14:20 / 2024-03-25

Toshkent shahar hokimligi 26-martdan Toshkent shahrida 2023-2024 yilgi isitish davri yakunlanishini ma’lum qildi.

Qayd etilishicha, Vazirlar Mahkamasining “Kommunal xizmatlar ko‘rsatishni tasdiqlash qoidalari to‘g‘risida"gi qaroriga asosan, isitish davri tashqi havoning o‘rtacha sutkalik harorati 8 darajadan yuqori bo‘lgan 5 kunlik davr tamom bo‘lgan kundan keyingi kundan tamomlanishi belgilangan.

Shu bois, Toshkent shahar gidrometeorologiya markazining ma’lumotlarini hamda o‘rtacha sutkalik harorat 10 darajadan yuqori bo‘layotganligini inobatga olgan holda, 2024-yilning 26-mart kunidan 2023-2024 yilgi isitish davri yakunlanadi, deyiladi xabarda.

 

Sh.Mamaturopova,

O‘zA