English
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Ertadan boshlab Koreya Respublikasiga kirib keladigan fuqarolar uchun yangi tartib belgilandi
20:08 / 2021-12-02

Koreya Respublikasida koronavirusning "omikron" shtammi qayd etilgani sababli va uning keng tarqalishini oldini olish maqsadida 3-16 dekabr kunlari davomida mamlakatga kirib kelayotgan barcha fuqarolar 10 kunlik karantinga olinadi. Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi huzuridagi Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi xabar bermoqda.

Ma’lum qilinishicha, ertadan boshlab mazkur tartib qaysi davlatdan tashrif buyurayotgani va vaksina olgan yoki olmaganidan qat’i nazar barcha fuqarolar uchun amal qiladi.

Bunda, Koreya Respublikasi fuqarolari va mamlakatda doimiy istiqomat qiladigan fuqarolar 10 kunlik karantin muddatini o‘z uylarida yakkalangan holda o‘taydi.

Shuningdek, Koreya Respublikasiga kirib kelishdan oldin, kirib kelgan kunda va karantindan chiqayotgan kunda – jami 3 marotaba PSR test topshirilishi barcha fuqarolar uchun majburiy etib belgilangan.