English
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Ertadan boshlab 53 xorijiy davlat fuqarolari Xitoy orqali soddalashtirilgan tartibda uchinchi davlatga yo‘l olishlari mumkin
16:47 / 2017-12-27

Xitoy hukumati mamlakat poytaxti – Pekin, shuningdek, Tyanszin va Xebey provinsiyalari orqali vizasiz tranzitni amalga oshirish muddatini 72 soatdan 144 soatgacha uzaytiradi. Bu haqda Xitoy markaziy televideniyesining ma’lumotiga asoslanib TASS xabar bermoqda.

Xitoy hukumati mamlakat poytaxti – Pekin, shuningdek, Tyanszin va Xebey provinsiyalari orqali vizasiz tranzitni amalga oshirish muddatini 72 soatdan 144 soatgacha uzaytiradi. 

Qaror 28 dekabrdan kuchga kiradi. Ushbu hujjat asosida 53 ta xorijiy davlat fuqarolari Xitoy orqali soddalashtirilgan tartibda uchinchi davlatga yo‘l olishlari mumkin bo‘ladi.

Vizasiz tranzit dasturida Tyanszin xalqaro aeroporti va yirik dengiz porti, Pekinning markaziy “Shoudu” aeroporti, poytaxtning g‘arbiy temir yo‘l vokzallari ishtirok etadi. Xebey prozinsiyasida ushbu dasturdan foydalanishni istovchilar Shitszyachjuan shahri markaziy aeroporti yoki Sinxuandao hududi dengiz portlaridan foydalanishlari mumkin.

Buning uchun yo‘lovchilar Xitoy hududi orqali uchinchi davlatga borayotganini tasdiqlovchi yo‘l hujjatlari va chiptalarini taqdim etishlari talab etiladi.

Ma’lumot o‘rnida, Xitoy hukumati o‘tgan yili ham Shanxay va unga yondosh Szyansu hamda Chjetszyan provinsiyalari orqali soddalashtirilgan vizasiz tranzitni amalga oshirish imkoniyatini taqdim etgan edi.

Bu kabi chora-tadbirlar mamlakat tranzit salohiyatini oshirishga xizmat qiladi.