Қазақ
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Erta turmush, erta nikohning salbiy oqibatlari
10:33 / 2023-07-11

Jizzax viloyati Baxmal tumani hokimligida Bolalar masalalari bo‘yicha komissiya a’zolari, mas’ul tashkilot vakillari tomonidan erta turmushga berish masalalari bo‘yicha tadbir o‘tkazildi.

Ulamolarimiz “Islom dinida hali balog‘atga yetmagan, turmushga tayyor bo‘lmagan o‘smir qizlarni uzatish yoki nikohlash mumkin”, degan gap yo‘qligini matbuotda juda ko‘p bor ta’kidlashadi. Hatto balog‘atga yetgan, jismoniy tarafdan turmushga tayyor yigit, agar oilani boqa olmasa, uning uylanishi shart emasligini ham ko‘p bor aytishgan.

Ayni paytda shifokorlar 16–17 yoshli qizlar turmushga tayyor emasligi, homiladorlik va tug‘uruq holatida qiynalib qolayotganini ta’kidlab, ularni 19-20 yoshlarida turmushga berishni, yigitlarga 20-22 yoshlarda uylanishni tavsiya qilmoqda. 

O‘zbekiston Respublikasi Oila kodeksining 15-moddasi birinchi qismi bilan nikoh yoshi erkak va ayollar uchun 18 yosh etib belgilandi. Ta’lim to‘g‘risidagi qonunchilik talablari hamda qizlarning fiziologik jihatdan onalikka tayyor bo‘lishlari nuqtai nazaridan qaraydigan bo‘lsak, bu fikr asosli ekanligiga guvoh bo‘lamiz. O‘zbekiston Respublikasining ushbu qonuniga kiritilgan o‘zgartirish xotin-qizlarning erta nikohi va erta tug‘uruqning oldini olishga xizmat qilayotgani shubhasiz.

Shu o‘rinda, “Bola huquqlari to‘g‘risida” gi Konvensiyaning 1-moddasiga ko‘ra 18 yoshga to‘lmagan har qanday inson bola hisoblanishini alohida ta’kidlab o‘tish joiz. Mamlakatimiz ushbu Konvensiyaga 1992 yil 9 dekabrda qo‘shilgan.  

Erta nikoh va erta tug‘uruq kabi salbiy holatlarning oldini olish maqsadida O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksiga, Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksiga va Oila kodeksiga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritildi. Erta nikohning oldini olish, fuqarolarning huquqiy ongi va huquqiy madaniyatini yanada oshirish hamda jamiyatda ayollarning ijtimoiy va huquqiy mavqeini mustahkamlash, aholining reproduktiv salomatligini yaxshilashga qaratilgan mazkur hujjatlarga asosan nikoh yoshi to‘g‘risidagi qonun hujjatlari talablarini buzganlik uchun javobgarlik belgilandi. Shu bilan birga nikoh yoshi to‘g‘risidagi qonun hujjatlarini buzish endilikda ma’lum javobgarliklarni keltirib chiqaradi.

Bundan ko‘zlangan asosiy maqsad – ona-bola salomatligiga salbiy ta’sir etayotgan holatlarning oldini olish, kelgusi nasllarning har tomonlama sog‘lom onadan dunyoga kelishini ta’minlashdan iboratdir.

O‘zbekiston Respublikasi Ma’muriy Javobgarlik to‘g‘risidagi Kodeksning 47-moddasi talablariga ko‘ra bolalarni tarbiyalash va ularga ta’lim berish borasidagi majburiyatlarni bajarmaslik, shu jumladan, Bolalarning majburiy umumiy o‘rta ta’lim, o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limini olishiga ota-onalar yoki ularning o‘rnini bosuvchi shaxslar tomonidan to‘sqinlik qilish holatlari bo‘yicha voyaga yetmagan shaxsning ota-onasi javobgarlikka tortilishi to‘g‘risida jiddiy ogohlantirildi.

A.QAYUMOV, J.YORBEKOV (surat), O‘zA