Русский
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Erta tongdan besh ming qadam
10:14 / 2026-02-05

Surxondaryo viloyatining Muzrabot tumanida “Sog‘lom hayot uchun 5000 qadam yur” shiori ostida ommaviy yurish marafoni o‘tkazildi.

Olimlar piyoda yurishning inson salomatligiga ta’sirini ilmiy tadqiq etib, organizmga ijobiy ta’sirini chuqur o‘rgangan. Unga ko‘ra, piyoda yurish асаб tizimini yaxshilab, insonni tinchlantiradi. Asab hujayralarini kislorod bilan boyitadi. Qon bosimini kamaytirib, yurak faoliyatini yaxshilaydi. Yurish paytida oyoq mushaklarining ritmik qisqarishi va bo‘shashishi qon va limfa oqimini faollashtirib, tomirlar kengayishining oldini oladi. Metabolizmni oshirib, ortiqcha kaloriyani yo‘qotadi. Bo‘g‘imlardagi og‘riqni kamaytirib, harakatchanlikni oshiradi. Shuningdek, piyoda yurishning nafas olish, ovqat hazm qilish va endokrin tizimni yaxshilab, immunitetni oshirishi ham isbotlangan.

Marafonda ishtirok etgan yoshu keksa sog‘lom turmush tarzini keng targ‘ib qilib, barchani jismoniy faollikni oshirishga, salomatlik uchun zararli odatlardan chekinib, har kun erta tongdan yaxshi niyat bilan sog‘lom hayot sari dadil qadam tashlashga undadi. 

Xolmo‘min Mamatrayimov, O‘zA muxbiri